баннер
30 Mar 2025
17:30

    Tramp Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashishini ma'lum qildi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali suhbatdan so'ng Oq uyda jurnalistlarga uning Ukraina bo'yicha Vladimir Putin bilan uchrashuvi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini aytdi.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to'xtatish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistonida yuzma-yuz uchrashuv o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda Tramp 12-fevral, chorshanba kuni Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali suhbatidan bir necha soat o'tib Oq uyda jurnalistlar bilan suhbati chog'ida ma'lum qildi.

    “Biz Saudiya Arabistonida uchrashamiz”, deya AQSh davlat rahbarining so'zlaridan iqtibos keltiradi AFP agentligi. Hatto saylovoldi tashviqoti paytida ham Donal`d Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga erishish niyatida ekanini bir necha bor ta'kidlagan.

    Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp, shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini va Kiyevning Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni qaytarishining, uning fikricha, “ehtimol kam” ekanini aytdi, deb xabar beradi dw.com.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech