AQSh Prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bo'yicha “muhim bayonot” berishini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, u “Rossiyadan hafsalasi pir bo'lgan”. “Ammo biz keyingi bir necha hafta ichida nima bo'lishini ko'ramiz”, dedi Tramp.
“O'ylaymanki, dushanba kuni Rossiya bo'yicha muhim bayonot bilan chiqish qilaman”, deb qo'shimcha qildi Oq uy rahbari, biroq tafsilotlarni keltirib o'tmadi.
Tramp AQSh, NATO va Ukraina o'rtasida Amerika qurollarini yetkazib berish bo'yicha “yangi kelishuv” tafsilotlarini oshkor qildi. G'oya shundan iboratki, AQSh NATOga qurol jo'natadi, keyin esa alyans ularni Ukrainaga yetkazib beradi va pulini to'laydi, deya tushuntirdi u. Prezidentning so'zlariga ko'ra, o'tgan oy NATO sammitida kelishuvga erishilgan, deb xabar beradi rbc.ru.
“Biz NATOga qurol jo'natamiz va NATO bu qurollarning to'liq narxini qoplaydi”, deb tushuntirdi Tramp.









