Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
“Ertaga ikkala davlatga ham qo'ng'iroq qilishim kerak bo'ladi... “Men qo'ng'iroq qilib, ikki juda kuchli davlat o'rtasidagi urushni to'xtataman”, deb yana kim ayta oladi? Biz kuch bilan tinchlik o'rnatyapmiz”, dedi Amerika yetakchisi.
Avvalroq Tramp bu yil sakkiz xil mojaroni hal qilganini da'vo qilgan edi.
8-dekabr kuni Tailand-Kambodja chegarasida janglar qayta boshlanganligi haqida xabar berilgan edi. Bungacha Tailand armiyasi chegara hududlari aholisini evakuatsiya qilishga chaqirgan edi, deb xabar berdi lenta.ru.








