“Bu qaror TikTok foydalanuvchilarining agressiv holatga tushishlarini oldini olish maqsadida, milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilindi”, deydi prezident.

Mazkur meʼriy hujjatga koʻra, Xitoyning ByteDance kompaniyasi va ularning filiallari mamlakat hududida hech qanday bitimni imzolay olmaydi. Qaror 45 kundan keyin kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, 1-avgust kuni Tramp Xitoyning TikTok platformasini AQSHning barcha hududida cheklashini maʼlum qilgan edi. Agar 15-sentyabrgacha bu ijtimoiy tarmoqni hech bir Amerika kompaniyasi sotib olmasa, u mamlakatda butunlay bloklanadi