AQSh Prezidenti Donald Tramp o'zining Ukraina bo'yicha maxsus vakili Kit Kellogga Ukraina mojarosini 100 kun ichida hal qilishni topshirdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalariga tayanib ma'lum qildi, deb xabar beradi lenta.ru.
“Tramp Kellogga Ukrainadagi mojaroni 100 kun ichida hal qilishni topshirdi. Deyarli hech kim u buni amalga oshira oladi deb o'ylamayapti. To'g'rirog'i, ular uning maxsus vakil etib tayinlanishi Tramp o'zi nazorat qilmoqchi bo'lgan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun birinchi qadam ekanligini aytishmoqda”, deb yozadi nashr.