AQSh Prezidenti Donald Tramp Qo'shma Shtatlar Ukrainaga qo'shimcha xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmasligini aytdi. “Men mavjud bo'lganidan ortiq xavfsizlik kafolatlarini bermayman. Buni Yevropaga topshiramiz... Lekin biz, albatta, hammasi yaxshi bo'lishiga ishonch hosil qilamiz”, dedi Tramp 26-fevral, chorshanba kuni Vazirlar Mahkamasining birinchi yig'ilishida. Vashington, xususan, Yevropa tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga kiritilsa, Yevropani qo'llab-quvvatlashi mumkin.

Oq uy rahbari Ukrainadagi urushni to'xtata olishiga ishonch bildirdi. Uning aytishicha, Rossiya tomoni tinchlikka erishish uchun muzokaralarda yon berishga majbur bo'ladi. “Biz har ikki tomon uchun ham foydali bo'lgan kelishuvga erishish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz”, dedi Amerika yetakchisi jurnalistlar bilan suhbat chog'ida. Tramp kelishuv “Ukraina uchun yaxshi bo'lishini” uchun harakat qilishiga ishontirdi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh Ukrainaga boy berilgan hududlarning bir qismini qaytarib olishda yordam berishga harakat qiladi, garchi bu qiyin bo'lsa-da.

Biroq, AQSh Prezidenti Ukraina “NATO haqida unutishi” kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, urush aynan Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga a'zoligi masalasi tufayli boshlangan, deb xabar beradi dw.com.