Tramp Ukraina uchun “g'alaba jamg'armasi” tuzishni rejalashtirmoqda – OAV

    Strategiyaga ko'ra, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik boj joriy etiladi, undan tushgan mablag' Ukraina Qurolli Kuchlarini qurollantirishga yo'naltiriladi.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina uchun Xitoyga joriy qilingan yangi tariflar hisobidan moliyalashtiriladigan “g'alaba jamg'armasi”ni tuzish ustida ishlamoqda, deb yozdi The Telegraph.

    Qayd etilishicha, Amerika yetakchisi Moliya vaziri Skott Bessentga ushbu rejani 17-oktabr, juma kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi oldidan yevropalik hamkasblariga taqdim etishni topshirgan.

    Pentagon kotibi Pit Xegset NATOdagi hamkasblari bilan uchrashuvda agar Rossiya tinchlik muzokaralarini e'tiborsiz qoldirishda davom etsa, AQSh Ukrainani “faqat AQSh qila oladigan tarzda” qo'llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

    Strategiya Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foiz boj joriy etishni nazarda tutadi, daromad esa Ukraina Qurolli Kuchlarini qurollantirish uchun ishlatiladi, deb xabar berdi korrespondent.net.