Tramp: Ukraina urushda g'alaba qozonadi deb o'ylamayman

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainaning Rossiya bilan urushda g'alaba qozonishiga ishonmasligini ma'lum qildi, shu bilan birga, bu nazariy jihatdan mumkin ekanligini ta'kidladi.

    Bu haqda Tramp 20-oktabr, dushanba kuni Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bilan hamkorlikdagi chiqishida aytib o'tdi, deb xabar berdi dw.com.

    “Ular hali ham g'alaba qozonishlari mumkin. Men ular g'alaba qozonadi deb o'ylamayman, lekin nazariy jihatdan ular g'alaba qozona olishdi. Men hech qachon g'alaba qozonishini aytmagandim – g'alaba qozonishlari mumkinligini aytganman. Hamma narsa bo'lishi mumkin”, deya Trampning so'zlaridan iqtibos keltirdi CNN.

    Bir oydan kamroq vaqt oldin Oq uy rahbari Ukraina Yevropa Ittifoqi ko'magida o'zining sobiq chegaralaridagi barcha hududi uchun “kurashishga va qaytarib olishga qodir”ligini ta'kidlagan edi. “Vaqt, sabr va Yevropa va xususan NATOning moliyaviy yordami bilan bu urush boshlangan paytdagi asl chegaralarni tiklashning butunlay iloji bor”, deya ta'kidlagandi Amerika yetakchisi.