Tramp vaksina ishlab chiqaruvchilar qarshisida shlyapasini yechmoqchi

    Dolzarb 23 Sentabr 2020 389

    Tramp AQSHning chet el vaksinasini qoʻllashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

    AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi tayyorlangan chet el vaksinasini qoʻllashga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani brifingda Amerika rahbarining ish beradigan vaksinaga ega boʻlish haqidagi fikrini keltirdi. “Meni qaysi mamlakatdan ekanligi qiziqtirmaydi. Men ular qarshisida shlyapamni yechaman”, — dedi Tramp. Makinani soʻzlariga qaraganda, hozirgi vaqtda AQSHda COVID-19ga qarshi uchta vaksina sinovlarning uchinchi, yakuniy bosqichida turibdi.

    Oʻtgan haftada Tramp Qoʻshma Shtatlarning koronavirusga qarshi vaksinasini oktyabr oyida tarqatishni boshlashini maʼlum qilgandi. Bu esa AQSH kasalliklar nazorati va profilaktikasi boʻyicha Markaz (CDC) jadvaliga ziddir. Siyosatchi aprelda ularda “har bir amerikalikka tarqatishga” yetarli darajada vaksina boʻladi, — dedi. CDC rahbari Robert Redfild oʻz oʻrnida vaksina 20201-yil bahori yoki yozida keng ommaga yetarli boʻlishini taʼkidladi. Eng avvalo “Amerikaning eng yordamga muhtoj kishilari — tibbiyot xodimlari va qariyalar” emlanadi. Redfildning soʻzlariga koʻra, butun Amerika xalqini emlash uchun “olti-toʻqqiz” oy vaqt kerak boʻladi. AQSH esa “normal hayotni” kelgusi yilning uchinchi choragiga yaqin tiklay olishi mumkin.

    AQSH oziq-ovqatlar va tibbiyot vositalari sifati ustidan sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) vaksina ishlab chiqaruvchilardan soʻngi klinik sinov ishtirokchilarini ular ikkinchi, yaʼni soʻngi marta emlangandan keyin kamida ikki oy davomida kuzatishini soʻrayapti. Ekspertlarning fikricha, bu yangi talab AQSHda ommaviy emlashni eng yaqin vaqtda amalga oshirish ehtimolini kamaytiradi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.