Vashington va Kiyev 24-aprel kuni Ukrainaning foydali qazilmalari bo'yicha kelishuvni imzolaydi. Bu haqda Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

Unga hujjat shu hafta imzolanadimi, deb savol berildi. “Bizda minerallar bo'yicha kelishuv bor, men ishonamanki, kelasi payshanba kuni, yaqin orada tuziladi. Men ular kelishuv shartlarini bajarishlariga ishonaman, shuning uchun ko'ramiz”, dedi davlat rahbari.