Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro qoʻlga olinganidan soʻng, dushanba kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelada saylovlar bunga qulay fursat kelganida oʻtkazilishini aytdi, deb xabar berdi ria.ru.

“Saylovlar kerakli vaqtda boʻlib oʻtadi. Qilishi kerak boʻlgan asosiy narsa, vaziyatni toʻgʻirlash. Mamlakat ogʻir ahvolda. Pul yoʻq”, dedi Tramp Venesuelani hozirda kim boshqarayotgani haqidagi savolga javob berib.