Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk AQSh hukumatining bir qator toifadagi mehnat vizalarini berishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻldi.

"Bizning muhojir xalqimiz, xuddi Apple singari doimo rang-barangligimizdan quvvat oladi va Amerika orzusiga umid qiladi”, deb yozadi Tim Kuk.

Googleʻning bosh direktori hindistonlik Sundar Pichai oʻz akkauntida Kukni qoʻllab-quvvatlab, muhojirlarni "Amerikaning iqtisodiy muvaffaqiyati va uning dunyo texnologiyalari yetakchisiga aylanishida" qoʻshgan hissasi uchun maqtadi.

Xuddi shunday, Microsoft bosh direktori Bred Smit, Salesforce rahbari Mark Benioff va Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ham avvalroq bunga munosabat bildirishdi.

22-iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bir nechta toifadagi vizalarni berishni 2020-yil oxirigacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida buyruqni imzolagan edi.