AQSh Prezidenti Donald Trampning nomzodi Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga ilgari surilmoqda. Bu haqda kongressmen Darrel Issa ma'lum qildi, deb yozadi The Hill.

“Bugun men AQSh Prezidenti Donald Trampning nomzodini tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga ilgari suraman. Hech kim bu mukofotga u kabi loyiq emas”, deb yozadi Issa ijtimoiy tarmoqda.

Keyingi bayonotida Issa apparati boshlig'i o'rinbosari va kommunikatsiya bo'yicha direktori Jonatan Uilkoks Trampning Yaqin Sharqdagi tinchlik bo'yicha sa'y-harakatlariga ishora qildi.

“Kongressmen Issa yaqinda Yaqin Sharqning to'rt davlatiga Kongress delegatsiyasiga boshchilik qildi – u tinchlik va mojarodan uzoqlashish ruhi haqiqiy va ko'p tomonlama ekanligini o'z ko'zi bilan va bir qancha davlat rahbarlari orqali ko'rdi”, dedi Uilkoks.

Uning so'zlariga ko'ra, Tramp saylangan va qasamyod qilgan paytdan beri tinchlikka “biz ko'p yillar davomida eshitmagan tarzda” ilhomlantirdi va uni ilgari surdi, deb xabar beradi korrespondent.net.

“Uning targ'iboti urushsiz dunyoga intilishdir va biz bugungi kunda dunyoning bir emas, bir necha qismida bunga e'tibor qaratilayotganini ko'rayapmiz”, dedi Uilkoks.