Tadbirda fuqaro S.M. “X.Sh.” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi B.ning ishonchiga kirib, “Oʻzenergoinspeksiya” boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali xoʻjalikka qarashli bogʻ hududiga quvvati 100 KVA boʻlgan transformator oʻrnatib berish evaziga 40 mln soʻmni olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, “Oʻzenergoinspeksiya”ning Andijon hududiy boʻlimi yetakchi mutaxassisi F.S. bogʻ hududiga transformatorni ulash, hujjatlarni rasmiylashtirish va ruxsat olib berish evaziga 5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.