Reytingga muvofiq, Oʻzbekiston oʻz oʻrnini 7 pogʻonaga oʻzgartirib, 180 ta davlat orasida 146-oʻrinni egalladi (2019-yilda 153 oʻrin).
Shu bilan bir qatorda, reytingda Oʻzbekiston 26 ballni qayd etdi, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori koʻrsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomalardan foydalaniladi, deb xabar beradi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.