Transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi “Qashqadaryo Respublikasi” yozuviga izoh berildi

    Transport 3 Dekabr 2022 2184

    Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi yozuv ijtimoiy tarmoqda keng muhokamaga sabab boʻldi.

    Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.

    Taʼkidlanishicha, yozuv bilan bogʻliq holat tegishli ishchi guruhi tomonidan oʻrganilgan.

    Transport vazirining 2021-yil 29-oktyabrdagi 208-sonli buyrugʻiga asosan, xizmat kiyimi boʻyicha qator tavsiflar tasdiqlangan boʻlib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qoʻpol ravishda buzilgan.

    “Shuni hisobga olib, inspektor H.J. ga hamda oʻziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar koʻrildi”, - deyiladi xabarda.