баннер
2 Mar 2025
15:40

    Transport-logistika tizimi yanada rivojlantiriladi

    Oʻzbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

    “Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-28-son, 27.01.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:

    • avtomobil, temir yoʻl va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;
    • transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;
    • konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;
    • Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) Oʻzbekistonning oʻrnini 55-pogʻonadan past boʻlmagan darajagacha koʻtarish.

    Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qoʻllanadi.

    2025-yil 1-iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.

    Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etiladi.

    Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida yoʻlboʻyi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlari tashkil etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech