Elchi janoblari Buyuk Britaniyaning Oʻzbekiston bilan transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, infratuzilma, avtomobil va temir yoʻl transporti sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga boʻlgan qiziqishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, mamlakatning eng yirik kredit agentliklaridan biri UK Export Finance ishtirokida Turkiya va Janubiy Koreyaning transport loyihalarini moliyalashtirish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
I.Maxkamov Buyuk Britaniya bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Transport universiteti bilan qoʻshma oʻquv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, aviareyslarni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishda hamkorlikni kengaytirishni taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.