Transport universitetida zamonaviy oʻquv trenajyor-simulyatorlar ishga tushirildi

    Transport 14 Yanvar 2022 4961

    Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xoʻjaligi” kafedrasida “TEP70BS” yoʻlovchi teplovozi va “3ES5K YERMAK” magistral elektrovozi oʻquv trenajyor-simulyatorlari oʻrnatildi va ishga tushirildi.

    Oʻquv trenajyor-simulyatori mashinist va mashinist yordamchilarini poyezdni boshqarishning oqilona usullari, maʼlum bir yoʻl uchastkasi sharoitlariga yaqin muhitda favqulodda harakat qilishga oʻrgatish uchun moʻljallangan.

    Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan ushbu zamonaviy oʻquv trenajyor-simulyatorlari universitetda tahsil olayotgan talabalarning lokomotiv xoʻjaligi va lokomotivlarni boshqarish toʻgʻrisidagi koʻplab koʻnikmalarni shakllantirish imkonini beradi.