Ushbu vaziyatda yoʻlovchilarga munosib transport xizmati koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida bugun erta tongdan shaxsan transport vaziri va uning oʻrinbosarlari “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga tashrif buyurib, yoʻnalishlarga avtobuslarning belgilangan jadval asosida chiqarilishini nazoratga oldi.
“Toshshahartransxizmat” tomonidan poytaxt boʻyicha jami 163 ta avtobus yoʻnalishi tashkil etilgan boʻlib, yoʻnalishlarga umumiy hisobda 1556 ta avtobuslar harakatga chiqarildi. Ushbu avtobuslardan 1037 tasi bevosita taʼlim muassasalari yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatadi.
Qatnovlar orasidagi intervallar oʻrtacha 8-12 daqiqa boʻlib, bu bekatlarda uzoq kutishlarning oldini oladi.