Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabar berdi.
2023-yil mart oyida avangard yoʻnalishida ijod qiluvchi Aleksey Morgunov ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtadi, 2024-yilda esa rassom Solmon Nikritinning ekspozitsiyasi va “Sharqqa yoʻl” loyihasi rejalashtirilgan. 20 asrning birinchi yarmida rus rassomlarning Turkistonga ommaviy ijodiy ziyorati fenomeniga bagʻishlanadi.
Igor Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 1966-yilda Nukus shahrida tashkil etilgan. Muassasada rus avangardining taʼsirchan asarlar toʻplami — 44 mingdan ziyod eksponatlar saqlanmoqda.
Shuningdek, Tretyakov galereyasi Oʻzbekiston muzeyidan rus avangard toʻplamini raqamlashtiradi.