“Trip Reporter” Samarqandning tarixi va zamonaviyligini tasvirlaydi

    Britaniyaning mashhur “Trip Reporter” axborot portalida “Samarqandda vaqt boʻylab sayohat. Oʻzbekiston Ipak yoʻlining goʻzalligini oʻzingiz uchun kashf eting” sarlavhali maqolada Samarqand shahri ajoyib tarzda tasvirlangan.

    Unda muallif Janet Griffits Ipak yoʻlining eng mashhur shaharlaridan biri boʻylab qilgan sayohati haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashadi.

    Janet Griffits qadimiylik va zamonaviylikning uygʻunligini tasvirlaydi, bu yerda yuqori texnologiyalar va Silk Road Minyun kabi qulay mehmonxonalar, tarixiy yodgorliklar, jumladan, mashhur Registon va Amir Temur maqbarasi bilan yonma-yon joylashgan. Muallif infratuzilma va mehmondoʻstlik sohasidagi ilgʻor yutuqlar Samarqandning tarixiy muhitiga uygʻunligini taʼkidlaydi.

    Maqolada mahalliy aholi va sayyohlar orasida mashhur boʻlgan “Boqiy shahar” etno-parki haqida soʻz boradi. Oʻzbekistonning Buxoro va Toshkent kabi turli hududlari arxitekturasi va madaniyatini oʻzida mujassam etgan ushbu maskan tor koʻchalar, hunarmandlar va savdogarlar bilan qadimiy shaharlarning oʻziga xos muhitini oʻzida mujassam etadi. Bundan tashqari, bu yerda anʼanaviy oʻzbek taomlari, shu jumladan mashhur taom — palov tortiladigan ajoyib restoranlar mavjud, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.