“Suriyaning yangi ma'muriyatidan terror tashkilotiga qarshi zarur choralar ko'rishni talab qilayotgan Anqara har qanday ssenariyga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda. Chegaradagi qo'shinlar ehtimoliy operatsiya uchun jangovar shay holatga keltirildi”, deyiladi maqolada.
Nashrning qayd etishicha, Anqara barcha mumkin bo'lgan ssenariylarga tayyorlanmoqda.
“Ulardan biri harbiy harakatlardir”, deya ta'kidlaydi gazeta.
G'arb “yangi talablar” qo'ysa, Turkiya va Suriya kuchlari KIP jangarilariga qarshi keng ko'lamli harbiy operatsiya o'tkazadi, deb yozadi chorshanba kuni Turkiyaning hukumatparast Hürriyet gazetasi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan seshanba kuni Anqara Suriyadagi KIP jangarilariga ultimatum qo'yganini va agar chaqiriqlar e'tiborga olinmasa, harbiy operatsiya dolzarb bo'lib qolishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi ria.ru.