SAXAL: Tel-Avivga Yamandan uchirilgan Eron droni zarba berdi

    Isroil harbiylari Tel-Aviv markaziga tungi hujumni Yamandan uchirilgan modifikatsiyalangan Eron droni amalga oshirdi deb hisoblamoqda.

    Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) vakili Daniel` Xagari brifingda ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.

    “Tunda dengizdan, g'arbdan kirib kelgan uchuvchisiz samolyot bizning taxminimizcha, Yamandan uchirilgan. U Tel-Avivning markazidagi binoga qulab tushdi, bir nafar tinch fuqaro halok bo'ldi, sakkiz kishi yengil jarohatlandi”, dedi u.

    Xagarining so'zlariga ko'ra, hozir harbiylar nima sababdan qurilma havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan aniqlanmagani va havo hujumi haqida ogohlantirish nima uchun e'lon qilinmaganini aniqlamoqda. Isroil armiyasining fikricha, gap Eronning Samad rusumli uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida ketmoqda, dedi u. “Bu Eron quroli bo'lib, ular parvoz masofasini oshirish uchun modernizatsiya qilingan”, dedi harbiy vakil.

    Uning qo'shimcha qilishicha, kecha tunda yana bir uchuvchisiz uchish qurilmasi bilan yana bir hodisa yuz berdi. “Tel-Avivdagi hodisaga parallel ravishda, bir vaqtning o'zida biz sharqdan [Isroil havo hududiga] kirishga uringan yana bir uchuvchisiz uchish qurilmasini tutib oldik. Biz uni Isroil chegaralaridan tashqarida urib tushirdik. Ikki hodisa o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganyapmiz”, dedi Xagari.