TSementning birja kotirovkasi yana 4 foizga pasaydi

    Biznes 30 Iyun 2020 567

    O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida joriy yilning 30 iyunida o'tkazilgan savdo yakunlariga ko'ra barcha markali tsementning o'rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 754,0 ming so'mdan 724,0 ming so'mgacha, ya'ni 4 foizga pasaydi.

    TSement narxining shakllanishiga birja tomonidan har bir xaridor uchun 114,0 tonna miqdoridagi kunlik limitning qo'llanilishi o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. Xususan, o'tgan savdolarda tsement mahsulotini xarid qilgan ishtirokchilarning soni deyarli ikki barobarga ko'payib, 540 nafarni tashkil etdi.
    Umuman olganda, o'tkazilgan birja savdolariga jami 38,7 ming tonna tsement mahsulotlari qo'yilgan bo'lib, ulardan 37,8 ming tonnasi, ya'ni 99 foizi sotildi.