O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning  3-yo'nalishi  Aholi va yoshlarning komp`yuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yib, respublika miqyosida “axborot texnologiyalarini rivojlantirish markaz”larini tashkil etishni davom ettirmoqda.

1 iyun` — “Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” doirasida  Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida navbatdagi “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati va Sayxunobod tuman hokimliklari,  IT-Park mas'ul xodimlari,  shuningdek keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxona va tashkilotlari vakillari  hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Markazda ko'rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy komp`yuter jihozlari bilan ta'minlandi. O'quv markazi yoshlarimizga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yo'nalishida o'quv kurslari tashkil etiladi. Farzandlarimizni 3 yosh turkumida, ya'ni 9-15, 16-19 hamda 20-25 yoshda, bosqichma-bosqich axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg'or mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilib belgilandi.

Qolaversa, markazda yoshlarni komp`yuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o'rgatish, turli o'yinlar bo'yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o'yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o'tkazish ham ko'zda tutilgan.