“Cerebra.ai Ltd.” (Qozogʻiston) kompaniyasining ishlanmasi sunʼiy intellektni joriy etish yoʻli bilan insultning dastlabki alomatlari paydo boʻlgan birinchi soatlarda ishemik va gemorragik insultni tashhislash imkonini beradi. Shu bilan koʻpincha birga bemorning hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi.

Onlayn tur davomida ishtirokchilar uning qanday ishlashini koʻrdilar, hamda amaliyotchi shifokorlar fikrini tingladilar. Sunʼiy intellekt 5-7 daqiqada insult shubhasi bilan kelgan bemor kompyuter tomografiyasi (KT) suratlariga ishlov beradi. Neyron tarmoqlarni joriy etish KT suratida inson koʻrib boʻlmaydigan holatlarni — bosh miya qismining shikastlanishini insultning birinchi soatida koʻrish imkonini beradi. Bunda shikastlanish sohasi va uning miqyosini aniq koʻrsatish imoni mavjud boʻladi. Bu esa neyrojarrohlarga operatsiya zarurligi, hamda uni “terapevtik deraza” davrida — insult sodir boʻlgan dastlabki 4-4,5 soatlarda bajarish haqida tez va aniq qaror qabul qilish imkonini beradi.

KT suratlariga oddiy ishlov berishda esa ishemik manba bir sutkadan keyin koʻrinadi.

Bu eng qimmatbaho vaqt qoʻldan berilmagan payt. Neyrojarrohlarning tajribasi shuni koʻrsatadiki, aynan 4-4,5 “oltin” soat davomida koʻrsatilgan yordam insultda barcha funksiyalarni qaytarish bilan birga bosh miyada qon aylanishni tiklash imkonini beradi. Shu bilan birga «Syerebra» operatsiya qilish muhimligi haqida, ayniqsa bemorning holati shifokorlarni shunday xulosaga keltirganda xato xulosa chiqarmaslikka ham yordam beradi.

«Syerebra»ni amalda qoʻllash tajribasini oʻrgana turib, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi mazkur platformani sunʼiy intellektga asosan Oʻzbekistonda keng yoyilishiga yordam berishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.