Aprel oyida “IKS Xolding”ning 100% aksiyasi Alisher Usmonovga tegishli USM xolding tasarrufiga oʻtgani maʼlum boʻlgandi.
Rossiya va chet elning 30 dan ziyod kompaniyalarini oʻzida birlashtirgan xolding moskvaliklar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
SSKA libosining old qismida, “VEB Arena” stadionining devorlarida, klubning chop etiladigan barcha materiallari va internet resurslarida kompaniya logotiplari aks etadi.
SSKA Rossiya Premyer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 4-oʻrinni egalladi va Yevropa Ligasiga yoʻllanma oldi.