Tugʻilish, nikoh va ajrim

    Toshkent viloyatida joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida FHDYO organlarida 33 ming 741 ta tugʻilish qayd etilgan.

    Tugʻilgan chaqaloqlarning 17 ming 543 nafari oʻgʻil bola, 16 ming 198 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp tugʻilish Zangiota (2320 ta), Toshkent (2202 ta) va Qibray (2125 ta) tumanlarida kuzatildi.

    2021-yilning yanvar-iyun oylari holatiga koʻra, viloyat boʻyicha 10 ming 142 ta nikoh qayd etildi. Nikohlar soni boʻyicha Qibray (678 ta), Oʻrta Chirchiq (666 ta) va Yangiyoʻl (659 ta) tumanlari yuqori oʻrinlarni egallagan.

    Maʼlumot uchun, viloyatda oʻtgan olti oy davomida oilaviy ajrimlar soni 1941 tani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 624 taga oshgan, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.