– Tugʻma yurak nuqsonli bolalarni emlash mumkinmi?
– Baʼzi vaksinalarni qilish mumkin. Misol uchun, poliomiyelitga qarshi yoki qizamiq kabi infeksiyalarga qarshi emlash oʻtkazsa boʻladi. Lekin qolgan vaksinalarni bola davolanib, dispanser nazoratidan toʻliq chiqarilgach, yaʼni butunlay darddan forigʻ boʻlgach bajarish kerak.
– Bunday bemor bolalarning jismoniy tarbiya darslarida qatnashishi muammo tugʻdirmaydimi?
– Muammo tugʻdiradi. Shu bois, avvalo, davolanib, salomatligini toʻliq tiklab, soʻngra sogʻlom tengdoshlari qatori mashgʻulotlarda bemalol qatnashishi mumkin.
– Mamlakatimizda bolalarga kardiojarrohlik sohasida tibbiy yordam koʻrsatish borasida qanday imkoniyatlar yaratilgan?
– Bugun yurtimiz tibbiyoti bolalar kardioxirurgiyasi sohasida jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari tibbiyotidan qolishmaydigan imkoniyatga ega. Dunyoning ilgʻor mamlakatlarida qoʻllanilayotgan noyob diagnostika va davolash texnologiyalari bizda ham mavjud.
Masalan, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kardioxirurgiya boʻlimida bolalarda uchraydigan tugʻma yurak nuqsonlarini davolash uchun ellik oʻrinli alohida boʻlim mavjud.
Bu yerda yiliga olti yuzdan koʻproq yuqori texnologiyali va jahon standartlaridagi operatsiyalar oʻtkaziladi. Diagnostika va davolash jarayonida kompyuter tomografiyasi, magnit rezonansli tomografiya, raqamli rentgen apparati, ultratovush tahlil apparati kabi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniladi.
Hozirga kelib 5 ta viloyatda bolalar kardioxirurgiyasi boʻlimlari faoliyat koʻrsatishni boshladi. Bundan tashqari, nomi yuqorida keltirilgan markazda yosh mutaxassislar tayyorlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim rahbarining fikrini