Maʼlum qilinishicha, u mahalliy MCHJ hududida ruxsatnomasiz kesilgan 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga oʻzgartish kiritib, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs pora olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.