Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.
Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.
Har bir tayanch maktabning 1 nafar oʻqituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, oʻz yoʻnalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Yaʼni, ularning bilim va amaliy koʻnikmasi markaz oʻqituvchisidan kam boʻlmaydi.
Ushbu trenerlar oʻziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi oʻqituvchini oʻqitadi, yetakchi oʻqituvchilar esa oʻz maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.
Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni toʻliq jihozlashga masʼul boʻladi.
Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini taʼmirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.