Qoraqalpog'iston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan 2022 yilda belgilangan ish-rejalariga asosan 11 ta tuman xokimliklari tomonidan qabul qilingan 24560 ta hujjatlari ya'ni qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va chiqish xatlari xatlovdan o'tkazildi.
Shundan 5 ta tuman hokimliklari tomonidan qabul qilingan 16 ta hujjatlarida qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlanib, ushbu tuman hokimliklariga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo'zg'atildi va O'zbekiston Respublikasining "Raqobat to'g'risida"gi Qonuni talablarini buzish holatlarini to'xtatish va kelgusida yo'l qo'ymaslik to'g'risida ko'rsatmalar berildi.