Shular bilan birga, Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtildi, amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas, deb topildi.
Investitsiya hisobiga tashkil qilingan baʼzi korxonalar ishlamayotgani, hududda eksport 100 million dollardan kam boʻlgani tanqid qilindi.