“Tuman tashkilotlari oʻzini «nazoratchi” deb biladi, aholi ogʻirini yengil qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish yoʻq!»– dedi Prezidentimiz.
Masalan, Qumqoʻrgʻon tumani karantin boʻlimida 8 nafar inspektor faqat kamchilik boʻyicha koʻrsatma, eksportga sertifikat berish bilan shugʻullanadi, fumigatsiya xizmatini koʻrsatmaydi.
Ekologiya boʻlimi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday koʻchat ekish, moliyaviy manbasi boʻyicha taklif bermaydi.