Jarrohlik amaliyoti talab qilmaydigan yurak ishemik kasalligi bor bemorlarni ham poytaxtga kelishi kamaymagan.
Eski “order” tizimidan voz kechilib, imtiyozli toifadagi shaxslarni “elektron yoʻllanma” orqali davolashga oʻtilganiga ikki yil boʻldi.
Lekin respublika markazlarining birortasi bemorlarning viloyat yoki tumanda qolib davolanishidan manfaatdor emasligi tanqid qilindi. Sabab – mablagʻning asosiy qismi haligacha respublika markazlariga ajratilmoqda.
Shu munosabat bilan respublika markazlarida byudjet hisobidan faqat yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar oʻtkazilishi belgilandi. Tuman va viloyatda bemalol qilish mumkin boʻlgan amaliyotlar uchun respublika markazlariga yoʻllanma berilmaydi.
Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yoʻllanma beriladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash topshirildi.









