Tumanda vorkaut va stritbol inshootlari quriladi

    Soʻnggi yillarda barcha tumanlarda boʻlgani kabi Hazorasp tumanida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlari, oʻzlari sevgan sport turlari bilan muntazam shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

    Xususan, tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarida mini futbol maydonchalari mavjud.

    Endilikda tumanda vorkaut va stritbol inshootlari ham quriladi. Buning uchun tuman hokimi qarori bilan tadbirkorlarga yer maydonlari ajratildi.

    Sportning bu kabi turlariga yoshlar oʻrtasida qiziqish borligi inobatga olingan holda, malakali murabbiylar ham jalb qilinadi.

    Roʻzimboy HASAN,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri