Unda Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Xolmirza Niyozov, Boʻka tumani hokimi Nizomiddin Abbosov, hududlarda faoliyat olib boruvchi klaster, fermer xoʻjaliklari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi holati buzilishining oldini olish, sifatli mahsulot yetishtirish borasidagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish xususida atroflicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil etish, choʻllanishning oldini olish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob oldilar.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari mazkur tumanda yangidan tashkil etilgan “Agromarkaz” MCHJ binosining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.
Markazda qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlar, shuningdek, chorva mollari kasalliklariga qarshi dori vositalari va maxsus ozuqa manbalari sotuvi yoʻlga qoʻyildi hamda laboratoriya, onlayn maslahatlar, urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, issiqxona qurish, mini texnikalar sotish doʻkoni va xizmat koʻrsatish tizimi faoliyat olib boradi.
Marosim ishtirokchilari markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.