Turizm qishloqlarini tashkil qilish boʻyicha 3-yil oldin boshlangan ish yaxshi samara berayotgani eʼtirof etildi.
Lekin Toshkent viloyatida Koreya tajribasi asosida turizm qishlogʻi qilish tashabbusi qogʻozda qolib ketgani, Qashqadaryo va Jizzaxda atigi 1 tadan turizm qishlogʻi ochilgani koʻrsatib oʻtildi. Navoiy va Sirdaryoda hunarmandchilik, Jizzax va Fargʻonada gastronomik turizm markazlari mavjud emas.
Shuningdek, Jizzax va Surxondaryoda turizm eksporti 65 million dollarga, Sirdaryoda esa 30 million dollarga bormaydi.
Birorta chegara punktida yurtimiz turizm salohiyatini koʻrsatadigan “turizm burchagi” tashkil etilmagani tanqid qilindi.
«Aholimiz oʻrtasida togʻli hududlarga piyoda chiqish (treking) ommalashmoqda. Lekin, turfirmalar bunday sayyohlik marshrutiga ruxsat olishga 2-3 oy sarflayapti«, — dedi Prezident.
Mutasaddilarga ruxsatnomani Yagona interaktiv portal orqali 10 kunda berishni joriy qilish topshirildi.