Unda mamlakatimizda muhandislarga talab ortib borayotgani va ushbu sohaga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, oliy taʼlim tizimida ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish bugungi kunda dolzarb vazifalar qatorida ekanligi taʼkidlab oʻtildi, bu borada xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashildi.
Forum boshlanishidan oldin universitetning 15-yillik faoliyati davomida erishilgan yutuqlarini oʻz ichiga olgan videotaqdimot mehmonlar eʼtiboriga havola etildi. TTPU va Politecnico di Torino rektorlari universitet 15-yilligi yubileyi munosabati bilan oʻz tabriklarini yoʻllashdi.
Forum doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulugʻbek Roʻziqulov, Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnatiʻga universitet “Faxriy rektori” unvoni berildi. Forum doirasida “Yilning eng yaxshi talabasi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan 12 nafar talaba-yoshlarga vaucherlar topshirildi.
Forumdan soʻng oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov universitetning bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ishtirok etdi. Vazir soʻzga chiqib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qoʻyayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi oʻqish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.