Turistik sayohat xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o'rtacha 7,8 % ga qimmatlashgan va  o'tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya'ni yillik nisbatda o'rtacha 10,1 % ga oshgani kuzatilgan. Ayni paytda O'zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendentsiyalar kuzatilmoqda va  2022 yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyoh mamlakatimizga  kelishi kutilyapti.

Birgina 2022 yilning iyul oyida O'zbekistonga turistik maqsadlarda 540,7 ming nafar chet el fuqarosi kelgan edi.  Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan  3 barobarga oshgan.

Mamlakatimizda  ichki sayyohlik ham jadal rivojlanmoqda. Xususan, “O'zbekiston bo'ylab sayohat qil” dasturining amalga oshirilishi natijasida ichki sayyohlarning soni yil sayin oshib boryapti. Ichki va tashqi turizmning rivolanishiga turizm infratuzilmasining yaxshilanishi ham sabab bo'lmoqda.