Turistlar Xitoy koinot stansiyasiga yuborilishi mumkin

    Xitoyning Tiangong koinot stansiyasi boshqa mamlakatlardan turistlar va kosmonavtlarni qabul qiladi.

    Bu haqda Shenzhou-18 boshqariladigan fazoviy kemasi uchirilishidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Xitoy boshqariladigan koinot ma'muriyati direktori o'rinbosari Lin Sitsyan ma'lum qildi.

    “Biz xalqaro kosmonavtlar va turistlarni koinot stansiyasiga taklif qilish imkoniyatlarini o'rganishni tezlashtiramiz”, dedi u.

    Sitsyan Xitoy qachon va qanday sharoitda boshqa mamlakatlardan turistlar va astronavtlarni Tyangonga taklif qilmoqchi ekanligi haqida batafsil ma'lumot bermadi, deb xabar beradi lenta.ru.