Dastlab, Samarqand shahrida tashkil etilgan «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim dasturlari, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, Samarqand shahrida tashkil etilgan Orzu Mahmudov gastronomik ko‘chasida olib borilgan arxitektura qurilishi ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi, gastronomik ko‘cha bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, u yerda turistlar uchun yaratilgan qulayliklar va turizm xizmatlari haqida batafsil to‘xtab o‘tildi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.