Turizm qishlogʻi uchun yoʻl koʻrsatkich belgilari oʻrnatildi

    Turizm 22 Oktabr 2020 2330

    Hudud infratuzilmasini yaxshilash, mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida turizm mahallasida yaratilgan turizm xizmati obyektlarga tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyatining Xiva tumani “Eski qiyot” qishlogʻi “Gʻovuk” mahallasi 10 ta yoʻl koʻrsatkichlar belgilari oʻrnatildi.

    Ushbu oʻrnatilgan yoʻl koʻrsatkich belgilari hududdagi barcha turizm xizmatlarini, turizm obyektlarini va boshqa 20 ga yaqin turizm yoʻnalishlarni ham oʻzida aks etadi. Bu oʻz navbatida ushbu turizm qishlogʻiga tashrif buyurgan sayyohlarga yana-da qulaylik yaratishiga xizmat qiladi.

    Maʼlumot uchun, “Gʻovuk” mahallasining barcha xonadonlarda anor bogʻlari, uzumchilik va boshqa 10 ga yaqin turdagi mevali bogʻlar, shuningdek, hunarmandchilikning 5 dan ortiq turi mavjud. Bugungi kunda bu yerda oilaviy mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari (yogʻoch oʻymakorlik, temirchilik, duradgorlik, gilamchilik, kulolchilik, zargarlik), umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq va sanitariya gigiyenik shoxobchalari, degustatsiya markazi, 10 ga yaqin turizm xizmatlari va boshqa zarur turizm infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich tashkil etilyapti, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.