Turizm sohasi ishchilari sertifikatlari muddati navbatdagi malaka imtihonigacha uzaytiriladi

    Turizm 22 Iyul 2020 1086

    Turistik tashkilotlar ishchilari va gidlar (ekskursiyachilar) uchun malaka sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi malaka imtihonini topshirish sanasiga qadar uzaytirildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 6029-sonli Farmonida shu haqida maʼlum qilingan.

    Shu tariqa, belgilangan shakldagi hujjatga ega, lekin muddati tugab borayotgan turistik tashkilotlar xodimlari va gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiyachilar hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar mavjud hujjatga muvofiq oʻz ishlarini davom ettirish huquqiga egadirlar.

    Respublikada sanitariya-epidemiologik holat yaxshilanishi, karantin choralari va cheklovlar olib tashlanishi bilan malaka imtihonlari oʻtkaziladigan sana toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi taqdim etiladi.