Tadbir ishtirokchilariga Sirdaryo viloyatida turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy sayyohlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Viloyatga xorijiy sayyohlar oqimini yanada oshirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Armaniston, Xitoy va Belarus Respublikasi bilan turizm sohasida oʻzaro hamkorlik qilish yuzasidan kelishuv memorandumlari imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.