Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

    Turizm qoʻmitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qoʻmitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Modulli mehmonxonalar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi.

    Ushbu standart birinchi bor amalga kiritilmoqda.

    Milliy standart modulli mehmonxonalarni tasniflash tizimini belgilaydi.

    Toifalar uchta “I”, “II”, va “III” toifa boʻyicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa “I” (birinchi), eng past “III” (uchinchi) toifa hisoblanadi.

    Mazkur milliy standart 2024-yilning 19-avgustdan joriy etiladi.