Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyaning turizm yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida “Turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi kasbiy taʼlim” xalqaro onlayn-yarmarkasi doirasida oʻtkazilgan 4 ta uchrashuv natijasida, kadrlar tayyorlash, turizm va marketing sohasida hamkorlikdagi ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib olindi.
Uchrashuvlar Turizmni rivojlantirish instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.
Uchrashuvlar natijasida tomonlar bir nechta yoʻnalishlardagi hamkorlik shakllarini ishlab chiqishga kelishib oldilar. Jumladan, qoʻshma diplom dasturni ishlab chiqish, birgalikdagi tadqiqot olib borish, oʻqituvchilar va talabalar uchun amaliyotlar tashkil etish koʻzda tutilmoqda.