Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida deyarli barcha davlatlar o'z chegaralarini yopib, davlatlararo transportning barcha turlari to'xtaldi. Bu esa butun dunyo davlatlari o'rtasidagi integratsiya jarayonlariga salbiy ta'sir qilib, birinchi navbatda dunyo bo'ylab turistlar oqimini keskin kamaytirdi. Albatta bu jarayon O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. Ayniqsa so'nggi yillarda faol rivojlanib kelayotgan turizm sohasi birinchilardan bo'lib katta zarar ko'ra boshladi.

Hozirgi kunda aksariyat davlatlarda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. SHundan kelib chiqib, shu yilning 28 may sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmon imzolandi.

Albatta so'nggi yillarda yurtimizda o'zining yangi rivojlanish bosqichiga kirgan turizm sohasi uchun ushbu Farmon ayni muddao bo'ldi. CHunki pandemiya sababli ichki va tashqi turizm butunlay to'xtagan, mehmonxonalar, dam olish maskanlari  va boshqa turistik faoliyatga bog'liq barcha sohalar katta qiyinchilikni boshidan kechirayotgan edi. endi Farmonda belgilangan qator imtiyozlar tufayli ushbu soha yana oyoqqa turib, o'zining oldingi holatiga qaytishi lozim bo'ladi. CHunki partiyamiz Saylovoldi Dasturida ham alohida ta'kidlanganidek turizm - iqtisodiyotning rivojlanish jarayonini yanada tezlashtiruvchi omil sifatida muhim o'rin tu­tadi. Qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishiga, iqtisodiy faol aholining bandligini oshirishga, millat faro­vonligini yuksaltirishga, milliy, madaniy va ma'na­viy qadriyatlarimizni dunyoga targ'ib qilishga xizmat qiladi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra o'tgan yili O'zbekistonga 6,7 million nafar sayyoh kelib, mamlakatimiz 10 dan ortiq nufuzli xalqaro nashrlarda eng jozibali turistik maskan sifatida e'tirof etilgan.

Muhtaram Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish ustuvor vazifa ekanini ta'kidladlagan edi.

SHuningdek, joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022 yilda 10 millionga va 2025 yilda 12 millionga etkazish rejalashtirilgan edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sababli nafaqat O'zbekistonda balki, butun dunyoda turizm sohasi katta zarar ko'rdi. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalariga jami 2019 yil davomida 46 386 dan ortiq mexmonlar tashrif buyurgan bo'lsa, shundan 21 399 tasi xorijliklar tashkil qilgan. 2020 yil yanvar`-mart oylarida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalariga  5 283 mahalliy va 1 063 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan bo'lib, sayyohlar tashrifi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kamayganligini ko'rishimiz mumkin. Koronavirus pandemiyasi sabab joriy yilning 2-choragida bu ko'rsatkich bundan ham pasayib ketishi shubhasiz.

endilikda Prezident Farmoniga ko'ra ushbu sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash kuchaytiriladi. 1 iyundan boshlab turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari va umuman deyarli barcha ushbu soha sub'ektlari sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilingan holda yana o'z faoliyatini boshlaydi. Mavjud ish o'rinlari tiklanadi va shu bilan birga ish o'rinlari yaratiladi, demakki aholi daromadlari ham oshadi.

Bunnan ko'rinib turganidek, turizm - mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuqori ko'tarishda alohida o'ringa ega bo'ladi va albatta davlatimiz rivojiga o'z hissasini qo'shadi.

Tajibay Romanov

O'zMTDP QR Kengashi raisi,

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Jo'qorg'i Kengesidagi O'zMTDP

fraktsiyasi rahbari