Oʻz navbatida Assotsiatsiya davlat va tadbirkorlik sub yektlari oʻrtasida bogʻlovchi koʻprik vazifasini oʻtaydi, tadbirkorlarning soha yoʻnalishi boʻyicha muammo, taklif va mulohazalarini oʻrganib, ularni vakolatli davlat idoralariga taqdim etish va hamkorlikda faoliyat yuritishni maqsad qilgan hisoblanadi.
Assotsiatsiya Adliya vazirligi tomonidan №312-reyestr tartib raqami bilan 2021-yil 18-yanvar kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. “Turizmni rivojlantirish” Assotsiatsiyasi raisligiga Odilov Dilshodjon Toʻlqinovich tayinlandi.
Dilshodjon Odilov, 2005-2009-yillarda “ICOM” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, 2006-2009-yillarda “Grand Mir” (4 yulduz) savdo va marketing boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2009-2013-yillarda esa “Grand Mir” (5 yulduz) savdo va marketing boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Shu bilan birga 2013 -yil “PosSystems” masʼuliyati cheklangan jamiyati hammuassisi, 2014-2016-yillarda “Gloria Hotel” (4 yulduz) mehmonxona bosh menejeri sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Hozirda, “Dunyo boʻylab” telekanalining “Ish bor” realiti shousi loyihasi muallifi va shu bilan bir qatorda “HotelPro” masʼuliyati cheklangan jamiyati asoschisi va direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Oʻzbekiston Eksportchilari” uyushmasi
Matbuot xizmati